“Ilhom” mukofoti tanloviga hujjat qabul qilish boshlandi

 

 

Shoir va yozuvchilar hayoti va ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi?Tanlovda ishtirok etib, o‘zingizni sinab ko‘ring!

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin – “Spark” avtomobili;

2-o‘rin – 30 mln. so‘m pul mukofoti;

3-o‘rin – 15 mln. so‘m pul mukofoti.

G‘oliblar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan taqdirlanadi.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

? 1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy ta’lim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;

? 2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

⏳ Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullariga ariza bilan murojaat qiling!

TTA Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti

Leave comment

Your email address will not be published. Required fields are marked with *.