O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba yoshlarni iqtidorlarini namoyish qilish, ular orasidan eng saralarini tanlab olish maqsadida «Yil talabasi-2022» ko’rik tanlovi tashkil etilgan edi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika fakultetining 6-kurs talabasi G’ulomova Shahloxon «Yil talabasi-2022″ Respublika ko’rik tanlovida «BioPropolis» loyihasi bilan ishtirok etib, «Yilning eng faol tadbirkor talabasi» yo’nalishi bo’yicha faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.
Bundan oldin shu loyiha bilan G’ulomova Shahloxon 60 million so’mlik grandni qo’lga kiritgan edi. Yosh iqtidorli talabamizning bundan keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti