Olimpiadaga boradiganlar maʻlum
Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida 2024-yilgi Intellektual olimpiada oʻyinlarining shaxmat oʻyini yoʻllanmasi uchun saralash baxslari boʻlib oʻtdi.
Talabalar orasida katta qiziqishga sabab boʻlgan 9 ta tur shvetsarcha tizimda oʻtkazildi.
Akademiyaga endigina qadam qoʻygan boʻlishiga qaramay, birinchi bosqich talabalari katta bosqichdagi aka-opalari bilan tengma teng kurash olib borib hatto gʻoliblar qatoriga ham kirishga muvaffaq boʻlishdi. Yigitlar oʻrtasidagi bahslarda biror marta magʻlubiyatga uchramagan 2-son davolash ishi fakulteti talabasi Sardor Boltayev gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Qizlar oʻrtasidagi bahslar esa ancha murosasiz kechib eng soʻnggida 1-son davolash ishi fakulteti talabasi Jumanazarova Gulnoza va 2-son davolash ishi fakulteti talabasi Karmiqulova Mahsunaning jamgʻargan ochkolari teng kelib qoldi va gʻolib taybreakda aniqlanadigan boʻldi. Taybreakda esa Mahsunaning qoʻli baland keldi.
Yigitlar oʻrtasidagi bahslar:
1-oʻrin: Sardor Boltayev
2-oʻrin: Gʻulom Alimardonov
3-orin: Asliddin Musurmonov
Qizlar oʻrtasidagi bahslar
1-oʻrin: Karimqulova Maxsuna
2-oʻrin: Jumanazarova Gulnoza
3-oʻrin: Tursunboyeva Zarina