Shashka boʻyicha olimpiadaga kim boradi?
Joriy yilning 4-oktabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari orasida «Intellektual olimpiada» oʻyinlarida shashka boʻyicha ishtiro etadigan talabalarni aniqlash uchun talabgorlar orasida saralash oʻyinlari oʻtkazildi. Umumiy hisobda 5 ta tur boʻlgan shashka oʻyinlarida qizlar orasida yangi nomlar paydo boʻlgan boʻlsa, yigitlar orasidagi bahslarda «eski gʻoliblar»ga teng keladigani topilmadi.
Shashka yigitlar;
1-oʻrin: Ubaydullayev Javohir (2-son davolash ishi fakulteti)
2-oʻrin: Bakirov Azizbek (2-son davolash ishi fakulteti)
3-oʻrin: Rahimberdiyev Nodir (1-son davolash ishi fakulteti)
Shashka qizlar;
1-oʻrin: Ortiqboyeva Odina (1-son davolash ishi fakulteti)
2-oʻrin: Karimqulova Mahsuna (2-son davolas ishi fakulteti)
3-oʻrin: Saidjonova Dilnoza (1-son davolash ishi fakulteti)