Biz chekishga qarshimiz” – Alfraganus universitetida TTA talabasi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi!
Chekish – salomatlik uchun jiddiy xavf!
Bugun Alfraganus universitetida talabalar uchun “Biz chekishga qarshimiz” mavzusida tibbiy-ma’rifiy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Toshkent tibbiyot akademiyasining faol talabasi Sirojiddinov Ayubxon tomonidan tashkil etildi.
Tibbiy nuqtayi nazardan:
•Tamaki tutuni nafas yo‘llarida surunkali yallig‘lanish va o‘pka kasalliklariga sabab bo‘ladi.
•Nikotin yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qilib, gipertoniya va infarkt xavfini oshiradi.
•Chekish immunitetni zaiflashtirib, organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi.
•Passiv chekish atrofdagilarga ham zarar yetkazadi, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar uchun xavflidir.
Seminar davomida talabalar chekishning zararli oqibatlari, unga qarshi kurashish usullari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘ldilar.
Sog‘lom kelajak sari birgalikda harakat qilamiz!