Toshkent tibbiyot akademiyasida imtiyoz uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 25-fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism tavsiyanomasi asosida TTAga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun imtiyoz ajratish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan ushbu talabalar uchun shartnoma miqdorining 35% qismi qoplab beriladi. Test sinovlari ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.