Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida “Zakovat Quiz” o‘tkazildi
Kecha Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, bilim va tafakkurni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Zakovat Quiz” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
🟡Tadbirda 30 ta jamoa ishtirok etib, o‘zining bilim darajasi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy uyg‘unlikni namoyon etdi. Bellashuv davomida savollar nafaqat mantiqiy fikrlashni, balki keng dunyoqarash va ijodiy yondashuvni ham talab qildi.
🏆 Natijalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — “Zero IQ”
🥈 2-o‘rin — “Toshmiliklar keldi”
🥉 3-o‘rin — “Neos”
🎁G‘olib jamoalar kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.
🟡Bunday intellektual musobaqalar yoshlarning bilim va tafakkur doirasini kengaytirib, ularni yangi g‘oyalar sari ilhomlantiradi.









